Bizning maqsadimiz —
toza va aqlli kelajak

EcoHissa — bu shunchaki chiqindi yig'ish tizimi emas, balki tabiatni asrashga qaratilgan raqamli ekotizimdir.

● Missiyamiz

Chiqindini resursga aylantirish

Biz Toshkent shahri va viloyatida chiqindilarni saralash madaniyatini zamonaviy texnologiyalar (IoT va aqlli datchiklar) orqali yangi bosqichga olib chiqyapmiz. Har bir topshiriligan kilogramm plastik yoki qog'oz tabiat uchun qo'shilgan hissadir.

EcoHissa aqlli chiqindi qutisi
01

Saralang

Uyingizdagi chiqindilarni turiga qarab ajrating.

02

Topshiring

Xaritadan eng yaqin "EcoHissa" nuqtasini toping.

03

Yutib oling

Har bir hissa uchun bonuslar va kuponlarga ega bo'ling.

Eko-Maslahatlar

Qo'llanma

Plastikni qanday tayyorlash kerak?

Idishlarni chayib, qopqog'ini yechib topshiring. Bu qayta ishlashni 2 barobar tezlashtiradi.

Yangilik

Yashnobodda yangi nuqta

Yashnobod tumani markazida 28-nuqta ishga tushirildi. Endi u yerda ham ball yig'ish mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Ballarni qanday ishlatsa bo'ladi?

To'plangan ballarni "Eco-do'kon" bo'limida chegirma kuponlari yoki sovg'alarga almashtirishingiz mumkin.

Qaysi turdagi chiqindilar qabul qilinadi?

Hozircha PET-plastik (baklajka), makulatura (qog'oz) va alyuminiy bankalar qabul qilinmoqda.

Qurilma to'la bo'lsa nima qilish kerak?

Agar datchik qizil bo'lsa, xaritadagi boshqa yaqin nuqtani tanlang yoki kurer kelishini kuting.